Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston yozuvchilari forumi o‘tkaziladi
Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston yozuvchilari forumi o‘tkaziladi
2–3-sentabr kunlari Toshkent shahrida “Turkiy dunyoning ma’naviy merosi: adabiyot — davrlar va avlodlar muloqoti” mavzusida O‘zbekiston va Qozog‘iston yozuvchilari forumi bo‘lib o‘tadi.
Forum turkiy xalqlarning mushtarak adabiy va ma’naviy merosini asrash, o‘rganish va keng targ‘ib qilish, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi adabiy-madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan.
Forum dasturidan ishtirokchilarning yoshlar bilan uchrashuvlari, yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan ochiq darslar, forumning yalpi majlisi, mavzuli sessiyalar hamda davra suhbati o‘rin olgan.
2-sentabr kuni tadbirlar Rahmetolla Rayimqulov nomidagi 34-maktabda, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani, Qoramanas qishlog‘ida o‘tkaziladi.
3-sentabr kuni forumning yalpi majlisi, mavzuli sessiyalar va davra suhbati O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi binosida bo‘lib o‘tadi.
📍 O‘tkaziladigan joy: Toshkent shahri va Toshkent viloyati 📅 Sana: 2–3-sentabr, 2026-yil